TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat u yerdan qochqinlarning Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tishiga, ular bilan birga terrorchilar MDHga kirishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ta’kidladi.
U Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz fonida migratsiya vaziyatining jiddiy yomonlashuvi xavfi mavjudligiga e’tibor qaratdi.
Patrushev. 2021-yil avgustida toliblar hokimiyatni egallab olganidan so‘ng afg‘onlarning xorijga ommaviy chiqishi boshlaganini qayd etdi.
“Ayni paytda qochqinlar nafaqat migrantlarning 80 foizdan ortig‘ini qabul qilayotgan Eron va Pokistonga, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham ko‘chib o‘tishi xavfi bor. Bu, jumladan, bugungi kunda afg‘on zaminida o‘zini qulay his qilayotgan xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolarining mamlakatlarimizga kirib kelishiga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantirdi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH maxsus xizmatlari va xavfsizlik organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida “Islom davlati”* va boshqa terrorchi guruhlar MDH mamlakatlariga tarqalishga urinishayotganini ta’kidlagandi.
*Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti