TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek” avtomobil o‘tkazish punkti 1 noyabrdan emas, balki 1-dekabrdan yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 28-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH hukumat rahbarlari kengashi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari bu o‘tkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya uchun 2022-yil 1-dekabrdan yopilishiga kelishishgan.
Avtomobilniy pogranichno-tamojenniy punkt propuska na granitse Uzbekistana i Kazaxstana
© Foto: Press-slujba GTK
1 noyabr kuni DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov u yerda bo‘lib, qurilish-bunyodkorlik ishlari loyihalari bilan yaqindan tanishgan.
Rekonstruksiya i modernizatsiya KPP "Navoi-Kaplanbek"
© Foto: Press-slujba GTK
“Alohida ta’kidlash joizki, qurilish rekonstruksiya ishlari ikki davlat o‘tkazish punktlarida bir vaqtning o‘zida boshlanadi va yakunlanadi”, - deyilgan xabarda.
Rekonstruksiyadan so‘ng "Navoiy" chegara bojxona posti zamonaviy qiyofaga keltiriladi. Postda avtotransportlar uchun yo‘laklar soni ikki barobarga ko‘payib, transport vositalarini o‘tkazuvchanligi sutkasiga 300 tadan 1000 tagacha oshadi.
Rekonstruksiya i modernizatsiya KPP "Navoi-Kaplanbek"
© Foto: Press-slujba GTK
Chegaradan o‘tish vaqti 3 marotabagacha qisqaradi va haydovchilarga hamda yo‘lovchilarga barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Yuk avtotransport vositalari o‘tkazuvchanlik imkoniyati yuqori bo‘lgan “Yallama-B.Konisbayev” o‘tkazish punkti orqali, yengil avtotransport vositalari va fuqarolar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.
Rekonstruksiya i modernizatsiya KPP "Navoi-Kaplanbek"
© Foto: Press-slujba GTK
Qo‘mita boshqa o‘tkazish punktlarida tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan kuch va vositalarni safarbar etish choralarni ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, bu nazorat o‘tkazish punkti prezidentning 27-apreldagi tegishli farmoni asosida modernizatsiya qilinmoqda.