G‘arbning qo‘lidan Rossiyani yakkalash kelmadi – Mishustin

Rossiya bosh vazirining ta’kidlashicha, G‘arb urinishlari xalqaro munosabatlar tizimi qaytadan tuzish jarayonini tezlashtirgan xolos.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. G‘arbning Rossiyani yakkalashga qaratilgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, bu urinishlar xalqaro munosabatlar tizimi qaytadan tuzish jarayonini tezlashtirdi xolos. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.

“Rossiyani yakkalashga qaratilgan urinishlar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Aksincha, ular butun xalqaro munosabatlar tizimi qaytadan tuzish jarayonini tezlashtirdi xolos”, - dedi Mishustin “Iqtisodiy hamkorlik: vatandoshlar va Rossiya mintaqalari. Zamon chaqiriqlariga javob berayotib” Butunjahon anjumani ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida.

Rossiya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozir ilgari manfaatlari e’tiborga olinmagan davlatlar va hududlarning roli sezilarli kuchayadi.
“Biz Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan sermahsul hamkorligimizni mustahkamlashda davom etamiz. Shubhasiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududidagi hamkorlikka asosiy e’tibor qaratiladi”, - dedi Mishustin.
Biz eng xavfli o‘n yillik arafasida turibmiz - Putin yangi dunyo haqida