Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UQK ZAESni egallab olishga desantlarini o‘rgatapti – Zaporojye hukumati

Zaporojyega qo‘shimcha 200 kishi yetib keldi, deya qayd etdi Rogov.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Ukraina diversantlari va maxsus kuchlari Zaporojye shahri yaqinida Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olish uchun mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Zaporojyega (shaharga) qo‘shimcha 200 kishi yetib keldi, aniqrog‘i 230 ga yaqin. Ilgari u yerda 450 ga yaqin kishilik birinchi katta guruh bor edi. Ushbu guruh doimiy ravishda Zvezda deb ataladigan joyda mashg‘ulotlar olib boradi. Bu yerda o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanilmayotgan bo‘sh neft ombori mavjud bo‘lib, u Dnepr qirg‘og‘ida joylashgan va ular texnogen kelib chiqishi bo‘lgan yirik obyektni qo‘lga olish uchun doimiy mashg‘ulotlar olib borishmoqda”, dedi Rogov.
Ma’lumot uchun, Ukraina qo‘shinlari Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olish uchun Energodar yaqinidagi katerlarga bir necha bor qo‘nishga urindi, biroq ular hujumlari qaytarildi.