TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Butun dunyo ahli ko‘z o‘ngida ro‘y berayotgan tektonik miqyosdagi global o‘zgarishlar hali yakuniga yetgani yo‘q, insoniyat bu o‘zgarishlar davriga endigina qadam qo‘ydi. Bu haqda Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ta’kidladi.
“Dunyo bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda. U allaqachon o‘zgargan va bu o‘zgarishlarni qaytarib bo‘lmaydi. Biz endigina inson hayotining deyarli barcha sohalariga – iqlim, texnologik o‘zgarishlar, siyosiy tizimdagi yaqqol o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadigan keng ko‘lamli o‘zgarishlar davriga kirdik”, - degan Kiriyenko ijtimoiy fanlar masalalari bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning jahon ishlarida yakkaxon hukmronligining tarixiy davri nihoyasiga yetib borayotgani, bir qutbli dunyo o‘tmishga aylanayotganini ma’lum qilgan edi.