TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Seuldagi tiqilinchda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 29-oktabr kuni Seul shahrining Itxevon tumanidagi ko‘chada sodir bo‘lgan mudhish voqeada bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Elchixona halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Seuldagi voqea oqibatida jabrlanganlar bo‘lsa va ularga yordam kerak bo‘lsa, ular mamlakat elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin:
elchixona: 010-6802-1969
uyushma: 010-8495-0027
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetdi. Ma’lum qilinishicha, 19 nafar xorijlik ham halok bo‘lgan. Ular orasida Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari bor.
O‘z navbatida RIA Novostining Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, bu fojiada uch nafar Rossiya fuqarosi ham halok bo‘lgan.