Para pauerlifting: o‘zbekistonliklar Afrika ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Misr poytaxti Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha Afrika ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Afrika ochiq chempionatida beshta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Misr poytaxti Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha Afrika ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 3 nafar O‘zbekistonlik sportchilar shohsupadan joy oldi.
ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida Ruxshona O‘ktamova 2 ta oltin.
erkaklar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida Oqiljon Yakubov 2 ta kumush va -50 kg vazn toifasida Dildora Nurilloyeva 1 ta kumush.
Bugun musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Sherali Ahmadaliyev hamda ayollar o‘rtasida -45 kg vazn toifasida Aqida Axtamova mamlakat sharafini himoya qiladi.