Rossiyalik yo‘l quruvchilar Japorojye viloyatidagi yo‘llarni tunu kun qayta tiklashmoqda. Ishlar Melitopol, Berdansk va Xerson viloyati yo‘nalishidagi yo‘llarda olib borilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
Melitopol — Berdansk yo‘li uchastkasida katta miqdordagi yo‘l-qurilish texnikasi va ishchilar jalb qilingan.
"Biz Zaporojye viloyatining avtomobil-yo‘l tarmoqlarini qayta tiklayapmiz. Ularni Rossiya Federatsiyasi meyorlarida ko‘zda tutilgan holatga keltirapmiz. Hozir mavjud asfalt-beton qoplamalarini frezalash ishlari olib borilmoqda. Keyin asfalt yotqiziladi. Yo‘l uch qatlamdan iborat bo‘ladi: tekislovchi, pastki va yuqori.... Yo‘l quruvchilar uchun bu yerda ishlar hali juda ko‘p", - deydi Rossiyaning yo‘l-qurilish kompaniyalaridan birining vakili Sergey.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ish ikki-uch smenada olib borilyapti. Oldimizga katta vazifa qo‘yilgan: qisqa muddat ichida Zaporojye viloyatining yo‘l tarmog‘ining katta qismini qayta tiklash.
"Bu juda muhim, shu bois deyarli tunu kun ishlayapmiz", - deya qo‘shimcha qildi u.
Zaporojye viloyatini Qrim va DXR bilan bog‘lovchi yo‘ldan mintaqa aholisiga oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berish uchun foydalaniladi. Shuningdek, Melitopol orqali o‘tgan yo‘l ozod qilingan Xerson viloyatini Rossiyaning boshqa mintaqalari bilan bog‘laydi.