“Biz rossiyalik hamkasblarimiz bilan qonunchilik bazasini takomillashtirish, siyosiy va iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli hamkorlikni intiqlik bilan kutamiz”,- deydi Sodiq Safoyev.
“Biz aloqalarimiz amalda tizimli tus olganini yuksak qadrlaymiz. Ikki tomonlama munosabatlarimiz o‘tmishdagi ko‘proq do‘stona aloqalar xarakteridagi an’anaviy uchrashuvlar doirasidan chiqib, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishga o‘tdi”, - deydi u.
“Bizning vazifamiz yangi O‘zbekiston har tomonlama raqobatbardosh bo‘lishi uchun shunday shart-sharoit yaratishdir. Islohotlarning birinchi bosqichi ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi oshdi, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati faoliyati jonlandi”, - deydi Sodiq Safoyev.