Toshkentda Sharof Rashidovga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Sharaf Rashidov, perviy sekretar SK KP Uzbekistana, chlen Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR
Ekspozitsiyada taniqli siyosatchining hayoti va xorijiy safarlaridan olingan suratlar taqdim etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkent Fotosuratlar uyida “Sharof Rashidov – siyosatchi va diplomat” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi tavalludining 105-yilligiga bag‘ishlangan ekspozitsiyada Sharof Rashidovning 1950-1983 yillardagi xorijiy safarlaridan olingan noyob va ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan fotosuratlar taqdim etiladi.
Taniqli olimlar, siyosatshunoslar, yozuvchilar Rashidov hayoti va ijodi haqida so‘z yuritishadi.
Ma’lumot uchun, Sharof Rashidov — sovet partiya yetakchisi, 1959—1983 yillarda O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimida ishlagan. 1962-yilda u Karib dengizi inqirozini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda Sovet delegatsiyasiga rahbarlik qildi, 1970-yildan SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi a’zosi bo‘lgan.