TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Sibir federal okrugida o‘zbek tili va an’analarini o‘rganishga qiziqish ortib borayotganligini inobatga olib, O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etilishi mumkin. Bu haqida “Dunyo”AA xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Unda Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi Sibir bo‘limi, Novosibirsk davlat universiteti vakillari, shuningdek, Novosibirskdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘zbekistonlik talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari haqida so‘z yuritildi.
Novosibirsk davlat universiteti professori Vladislav Kokoulin O‘zbekistonda davlat tiliga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga ortib, uning xalqaro darajadagi nufuzi oshib borayotganini ta’kidladi.
Ishtirokchilar Sibir federal okrugida Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazini tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Ma’lumot uchun, bu yil Moskva davlat lingvistika universitetida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochilgan edi. Hozirda Rossiyada ikkita oliy o‘quv yurti o‘zbek tilida kasbiy ta’lim beradi – bular Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO).
Shuningdek, Moskva lavlat kingvistika eniversitetida (MDLU) o‘zbek tilini biladigan siyosatshunoslik, tilshunoslik va xorijiy mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.