TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xerson viloyatidagi front chizig‘i odamlar, qurol-yarog‘ va texnika bilan mustahkamlanmoqda. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Front chizig‘i qishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Front barqarorlashdi. Odamlar, qurol-yarog‘ va texnika bilan aloqa chizig‘ini mustahkamlash davom etmoqda”, - deb yozdi Stremousov o‘zining Telegram kanalida.
Avvalroq Xerson hukumati aholini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirgandi.
Ma’lumot o‘rnida, oktabr oyi boshida Ukraina qo‘shinlari Xerson viloyatining shimoliy qismidagi aholi punktlarini egallashga urinib, qarshi hujumga o‘tdi. Rasmiylar ularning oldinga siljishiga to‘sqinlik qilingani haqida xabar berdi. Ukraina armiyasi bu yo‘nalishda katta yo‘qotishlarga duch kelgan.