TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov juma kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida respublika YeOII davlatlari bilan “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha o‘z oldiga aniq vazifalarni qo‘ygan.
Aripov, shuningdek, oziq-ovqat loyihalarini ilgari surish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “savdo siyosati choralarini qo‘llamagan holda” o‘zaro yetkazib berish muhimligini ta’kidladi.
“Shu bilan birga, hozirgi global chaqiriq va xatarlarni hisobga olgan holda, mamlakatlarimiz o‘rtasida va ko‘p tomonlama formatda birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va samaradorlikni oshirishga bo‘lgan talab ortib bormoqda”, - dedi u.
O‘zbekiston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon respublikaning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 41 foizga oshgan. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi ittifoq hissasiga to‘g‘ri keladi.
YeOII a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. 2020-yilda O‘zbekiston kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.