TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiya Ukrainadan farqli o‘laroq, qishda isinish uchun energiya va infratuzilmaga ega, deydi AQSh dengiz kuchlari razvedkasining iste’fodagi zobiti Skott Ritter Judging Freedom YouTube kanalida efirga uzatilgan intervyusida.
“Ularda (Rossiyada - tahr.) gaz bor, issiqlik bor, energiya bor, elektr energiyasi bor. Ukraina zaif pozitsiyadan harakatlanadi: ularda hech narsa yo‘q, ular muzlab o‘ladi”, degan Ritter.
Ritterning aytishicha, ukrainaliklar NATOdan yuz ming to‘plam qishki kiyim-kechak berishni iltimos qilgan, chunki Ukraina Qurolli kuchlarida ular yo‘q.
Shu bilan birga, zobitning fikricha, vaziyatga kengroq nuqtayi nazardan qarash kerak.
“Britaniyaning iqtisodiy muammolari Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar bilan bevosita bog‘liqligini tan oladigan kishi kelguniga qadar Angliya yana qancha bosh vazirlardan o‘tishi kerak? Nemislar buni tushuna boshladi, fransuzlar buni tushundi, italiyaliklar ham, butun Yevropa ham!” deya xulosa qilgan Ritter.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
G‘arb mamlakatlarida Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Rosssiya yoqilg‘isidan voz kechish sabab energiya resurslari narxi ko‘tarildi va inflyatsiya avj oldi.
Energiya resurslari, avvalo gaz narxi oshishi ortidan Yevropadagi sanoat inqirozi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.