"Shimoliy oqim" va "Shimoly oqim-2" gaz quvurlariga hujumlar 26-sentabr kuni amalga oshirilgan edi. Gaz quvurining 4ta mavjud quvurlaridan 3tasi portlatib yuborilgan edi. Daniya suvlarida sodir bo‘lgan ushbu diversiyani 3 hafta davomida o‘rgangan mahalliy tergovchilar "quvur portlatib yuborilgan" degan xulosa e’lon qilishdi xolos. Qim va qanday portlatgani haqida ma’lumot berilgani yo‘q.
"Shimoliy Oqim" loyihalarining asosiy manfaatdori va portlashdan eng ko‘p zarar ko‘rgan tomon - Rossiya Federatsiyasiga portlash oqibatlarini tekshirishga ruxsat berilmadi. Undan tashqari, hodisadan so‘ng Rossiyaning BMT xavfsizlik kengashi chaqirish tashabbusi boshqa mamlakatlar tomonidan bloklab qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, "Shimoliy oqim-2" qurilishining so‘nggi yillarida AQSh gaz quvuriga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar qo‘llagan edi. Sanksiyalar dastlab loyihada ishlayotgan qurilish kemalari, keyin barcha muhandislik va sug‘urta kompaniyalariga nisbatan qo‘llanilgan edi.
Rossiya hukumati barcha to‘siqlarga qaramasdan 2021-yil dekabrida "Shimoliy Oqim-2"ni qurib bitkazdi. "Shimoliy oqim-2"ni portlatib yuborish kimga foyda keltirdi? Birinchi navbatda, AQShga - ular o‘zlarining suyultirilgan gazni raqobatsiz Yevropa bozoriga yetkazib berishi mumkin bo‘ldi.
Ikkinchidan - Norvegiyaga va Polsha. "Shimoliy oqim" portlatilgan kunning ertasiga 27-sentabr kuni Norvegiyadan Polshaga kelgan yangi gaz quvuri - Baltic Pipe ishga tushdi. Bu gaz quvuri "Shimoliy oqim"dek yirik bo‘lmasa-da, u Polsha ehtiyojlarini to‘liq ta’minlab ortiqcha gazni Yevropaning boshqa davlatlariga eksport qilish imkonini beradi. Germaniya emas Polshani YeIning gaz xabiga aylantiradi.