Amerikalik boshlovchi Baydenning ruhiy salomatligidan shubhalandi

Xanniti AQSh rahbari kimningdir buyrug‘ini bajarayotganini taxmin qildi, deyilgan xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. “Fox News” boshlovchisi Shon Xanniti AQSh prezidenti Jo Baydenning ruhiy salomatligini shubha ostiga qo‘yib, u mamlakatni o‘zi boshqarmasligini aytdi.
“Kognitiv jihatdan azob chekayotgan prezident”, dedi jurnalist va Baydenning ko‘plab xatolari uning ruhiy salomatligi beqarorligini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Xanniti, shuningdek, AQSh rahbari kimningdir buyrug‘ini bajarayotganini taxmin qildi.
“So‘nggi 40-yildagi eng yuqori inflyatsiyadan xursandmisiz? Rekord jinoyatchilik darajasidan xursandmisiz?” deb so‘radi boshlovchi tomoshabinlardan.
Bu yil 80 yoshga to‘ladigan Bayden bir necha bor vitse-prezident Kamala Xarrisni prezident deb yuborgan, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning familiyasini noto‘g‘ri talaffuz qilgan, “vaksinatsiya” va “eskalatsiya” so‘zlarini, shuningdek, Suriyani Liviya va Iroqni Eron bilan adashtirib yuborgan.