Dubay shahzodasi ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi - foto

Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ayni kunlarda Dubay shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum Navoiy viloyati Qizilqum cho‘lida ov qilmoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qiladi.
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum
Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum uchun bu an’ana tusiga kirgan. U Navoiy shahridan 50 kilometrcha uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi”da an’anaviy tarzda ov qilib keladi. Xususan, u 2021-yil 6-7 oktabr kunlari ham O‘zbekistonga kelib, ov qilgandi.
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum
300 gektar yer maydonga ega ushbu markaz 2008-yilning aprel oyida BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Rashid al Maktum tashabbusi bilan tashkil qilingan.
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum
Ma’lumot uchun, “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan 2022-yilning mart oyida, 1600 bosh yo‘rg‘a tuvaloq yetishtirilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan edi. Markaz 2019, 2020, 2021-yillarda ham ushbu "Qizil kitobga" kiritilgan qo‘shlarni yetishtirib tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborgan edi.
Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum
Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982-yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.