TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bir soat ichida ikkita yerosti silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, dastlab bugun Toshkent vaqti bilan soat 04:39 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,54 gradus shimoliy kenglik; 69,2 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,5. Chuqurlik 15 km. Episentri Toshkentdan 31 km shimoli-g‘arbda 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,5 ballga teng.
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 05:16 da Qozog‘istonda yana yerosti silkinishi qayd etilgan. Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,6. Chuqurlik 15 km. Episentri Toshkentdan 33 km shimolida 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,6 ballga teng.
Har ikki zilzila kuchi O‘zbekistonning Toshkent tumanida sezilgan.