Oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar yeguliklari va shaxsiy gigiyena buyumlari Leningrad viloyati Vsevolojsk shahridan yuborilgandi.
Ular yaqinida front chizig‘i bo‘lgan qishloq aholisi avvalroq Rossiya harbiylariga birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berishni so‘rab murojaat qilishgandi. Ro‘yxat shakllantirilgandan so‘ng insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi Novoe qishlog‘ida manzilli jo‘natildi. Yaqin kunlarda u yerga Rossiyaning boshqa turli hududlaridan ham yordam yuklari olib kelinishi kutilmoqda.