Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xerson viloyatida Ukraina razvedkasining ikki xodimi qo‘lga olindi

Ta’kidlanishicha, Ukrainaning ikki zobiti Andreyevka yo‘nalishida qo‘lga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasining ikki zobiti Xerson viloyatining Andreyevka yo‘nalishida qo‘lga olindi. Bu haqda Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Xersondagi hozirgi vaziyat: tanklar bilan qo‘llab-quvvatlangan taktik guruhlar yordamida ukronatsistlar bizning bo‘linmalarimizning Borozenskoe yo‘nalishidagi tutashgan joyini yorib o‘tishga harakat qilishdi, qarshilik ko‘rsatildi va ular orqaga chekindi. Ikki zobit Andreyevka yo‘nalishida qo‘lga olindi. So‘roqdan video kutilmoqda”, - deb yozdi Stremousov.

Ma’lumot o‘rnida, oktabr oyi boshida Ukraina qo‘shinlari Xerson viloyatining shimoliy qismidagi aholi punktlarini egallashga urinib, qarshi hujumga o‘tdi. Rasmiylar ularning oldinga siljishiga to‘sqinlik qilingani haqida xabar berdi. Ukraina armiyasi bu yo‘nalishda katta yo‘qotishlarga duch kelgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
LXRda 4 ta Ukraina qo‘poruvchi guruhi yo‘q qilindi