Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Medvedev Kiyev rejimini butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ukrainadagi siyosiy rejimni butunlay demontaj qilish zarurligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiyaning kelajakdagi harakatlaridan maqsad Ukrainadagi siyosiy rejimni butunlay yo‘q qilish bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

“Xalqimizni himoya qilish va mamlakat chegaralarini himoya qilishdan tashqari, kelgusidagi harakatlarimizdan maqsad, menimcha, Ukrainadagi siyosiy rejimni to‘liq demontaj qilish bo‘lishi kerak”, - deb yozdi Medvedev Telegram-kanalida.

Bugun ertalab Ukraina ommaviy axborot vositalari Kiyev va Kiyev viloyatida portlashlar haqida xabar berishni boshladi. Qayd etilishicha, Xarkov, Odessa, Dnepropetrovsk, Lvov va Lvov viloyati, Ivano-Frankovsk, Ternopol, Xmelnisk, Roven va Poltava viloyatlari ham raketa hujumiga uchragan.
Bundan tashqari, Vladimir Zelenskiyning idorasi Zaporojye, Vinnitsa, Sumi, Jitomirdagi energetika obyektlariga ham zarba berilganini xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik, aloqa va energetika tizimlari obyektlariga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan yirik zarbalar berganini, zarbadan ko‘zlangan maqsadga erishilganini ma’lum qildi.
Putin Ukraina teraktlariga Rossiyaning javobi qat’iy bo‘lishini ma’lum qildi