TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Lugansk xalq respublikasida (LXR) to‘rtta Ukraina qo‘poruvchi razvedka guruhi aniqlanib yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Lugansk xalq respublikasining Novovodanoe, Karmazinovka va Makeyevka aholi punktlari hududida to‘rtta Ukraina qo‘poruvchi razvedka guruhi aniqlanib, artilleriya quroli bilan yo‘q qilindi. 17 nafar jangari, yirik kalibrli pulemoti bo‘lgan ikkita pikap va bitta avtomobil yakson qilindi”, - deyiladi xabarda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.