Germaniya aholisi Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi - OAV

Yevropaliklar o‘rtasida dunyodagi eng asosiy yoqilg‘ini sotib olish bo‘yicha vahima alomatlari paydo bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Energiya inqirozi tufayli umidsiz bo‘lgan yevropaliklar dunyodagi eng qadimgi isitish yoqilg‘isiga qaytishmoqda, nemislar esa hattoki Ikkinchi jahon urushi aks-sadolarini eslamoqda. Bu haqida RIA novosti “Bloomberg”ga tayanib xabar berdi.
Berlinda inqiroz Ikkinchi Jahon urushidan keyin vayronagarchilik aks-sadolarini keltirib chiqarmoqda.
Yoqilg‘i yetishmovchiligi sababli, aholi isitish uchun Tirgarten markaziy bog‘idagi deyarli barcha daraxtlarni kesib tashladi.
Shuningdek, aholi ot go‘ngidan yoqilg‘i sifatida foydalanishga qiziqa boshladi, deyiladi xabarda.
Fransiyada yog‘och granulalari narxi qariyb ikki baravarga oshib, bir tonnasi 600 yevroga yetdi. Aholi o‘rtasida dunyodagi eng asosiy yoqilg‘ini sotib olish bo‘yicha vahima alomatlari paydo bo‘ldi.
Vengriya yoqilg‘i granulalar eksportini taqiqladi, Ruminiya esa olti oy davomida o‘tin narxini chekladi. Aytilishicha, ayni paytda, yog‘ochli pechlar yetkazib berish uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denaziyalashtirish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi, Evropa Ittifoqi allaqachon yettita cheklov choralarini, jumladan ko‘mir va neftga embargoni qabul qildi.
Biroq Yevropa mamlakatlari aholisi allaqachon oziq-ovqat, yoqilg‘i va elektr energiyasi narxining sezilarli o‘sishiga duch kelgan va hukumat energetika inqirozi tufayli tejamkorlik choralarini joriy etishga majbur.