“Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldosh 2024-yilda orbitaga chiqariladi

Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. “Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldoshini 2024-yilda orbitaga chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqida Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti direktori Oleg Orlov ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.
Oleg Orlovning so‘zlariga ko‘ra, hozir yaratilayotgan ilmiy jihozlar 2-sonli “Bion-M” parvozi natijalariga ko‘ra takomillashtirilgan.
“Bion” biologik tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan Rossiya kosmik kemalari seriyasidir. Xususan, olimlarni radiatsiya va vaznsizlikning tirik organizmlarga ta’siri qiziqtiradi.
Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Shuningdek, orbitaga chivinlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarni yuborish ham rejalashtirilmoqda.
Ushbu turkumdagi “Kosmos-605” deb nomlangan birinchi apparat 1973-yilda ishga tushirilgan. 2013-yilda Bion-M seriyasidan birinchi sun’iy yo‘ldosh orbitaga chiqarildi. Keyin sichqonlar, mo‘g‘ul gerbillari, gekkonlar, salyangozlar, o‘simliklar va turli mikroorganizmlar koloniyalari kosmosga yuborilgan.