TOShKENT, 5 okt - Sputnik. OPEK+ davlatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib oldilar, deyiladi a’zo davlatlar vakillari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan kommunikeda.
“2022 yil noyabr oyidan boshlab OPEK va OPEKga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy ishlab chiqarish hajmini 2022-yil avgust oyiga nisbatan kuniga ikki million barrelga kamaytirishga moslashtiring”, — deyiladi hujjatda.
OPEK+ning ushbu qarori “jahon iqtisodiyoti atrofidagi noaniqliklar va neft bozori prognozlarini hisobga olgan holda”, shuningdek, alyansning faol yondashuviga muvofiq qabul qilingani qayd etilgan.Ushbu qaror bitimning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
"Oq uy" allaqachon neft qazib oluvchi davlatlarning ushbu qarori "uzoqni ko‘ra bilmaslik" degan bayonot bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar Rossiya neftini dengiz orqali uchinchi davlatlarga belgilangan chegaradan yuqori narxda tashishni taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining 5-dekabrdan kuchga kiradigan sanksiyalariga ko‘ra, Rossiya xom neftini Ittifoq mamlakatlariga dengiz orqali olib kirishni taqiqlaydi.
G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan o‘rnatilgan ko‘plab cheklovlar natijasida jahon bozorlarida energiya tashuvchilari narxlari va inflyatsiya rekord darajasiga ko‘tarildi. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun Jo Bayden iyul oyida Yaqin Sharqqa tashrif buyurib Saudiya Arabistonidan neft qazib olish va yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ragan edi. Bayden tashrifidan so‘ng kvotalar oldin rejalashtirilgan, kuniga atigi 100 ming barrelga oshirilgan edi.