TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarga bo‘lgan barcha urinishlar Kiyev rejimining amerikalik homiylari buyrug‘i bilan barbod qilindi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.
“Ukrainaga masalasida G‘arb va Rossiyaning tubdan farqli yondashuvini alohida ta’kidlash kerak. AQSh va uning ittifoqchilari so‘nggi ukrainalikkacha kurashish niyatida ekani bir necha bor aytilgan, chunki bu mamlakat aholisi shunchaki ular uchun geosiyosiy o‘yinda savdolashish vositasi”, - dedi Patrushev.
“Rossiya Ukrainaning neonatsizmdan xalos bo‘lishidan va aholi tinch va farovon yashashidan manfaatdor. Muzokaralar jarayonidagi barcha urinishlar Kiyev rejimining amerikalik homiylari buyrug‘i bilan barbod bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi u.