TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Butunjahon etnosport o‘yinlarida o‘zbek kurashchilari 18ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Turkiyaning Iznik shahrida 29-sentabrdan 3-oktabrga qadar Butunjahon etnosport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yinlarda belbog‘li kurash bo‘yicha 17 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi.
Butunjahon etnosport o‘yinlari
© Sportni rivojlantirish vazirligi
“30 dan ortiq davlatdan yig‘ilgan polvonlar orasida kurashchilarimiz 6 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, kuchlilar qatoridan joy olishdi”, deyiladi xabarda.
Polvonlar dastlab belbog‘li kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Shundan so‘ng, ular belbog‘li kurash sport turlari bo‘lmish korsh va alish bo‘yicha ham belgilangan vazn toifalarida bellashishdi.
Butunjahon etnosport o‘yinlari
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Aytilishicha, belbog‘li kurash sport turi Butunjahon etnosport o‘yinlari dasturidan rasman joy oldi.