TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha Belarus chegaralari yaqinida harbiy kuchlarini to‘playotganini, Litva esa ortda qolmaslikka harakat qilayotganini ma’lum qildi.
“Polsha Belarus chegaralari yaqinida harbiy kuchlarini to‘plamoqda, Litva esa ortda qolmaslikka harakat qilmoqda”, - dedi Lukashenko harbiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga qo‘shni mamlakatlarda taxminan 25 ming kishidan iborat NATO guruhi mavjud.
“Polsha eng faol. Belarus yo‘nalishining janubida yangi mexanizatsiyalashgan bo‘linma, mamlakat shimoli va sharqida Polsha hududiy mudofaasi shaxsiy brigadalari tashkil etilmoqda”, dedi u.
Lukashenko “chegaralarimiz yaqinida razvedka parvozlari intensivligi pasaymayapti”, deb ta’kidladi.
“Faol tezkor va jangovar tayyorgarlik olib borilmoqda”, deya davom etadi u.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, “bir qator Yevropa davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash niqobi ostida zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan qayta qurollantirish, armiyalarini kuchaytirish bo‘yicha o‘z rejalarini amalga oshirmoqda”.