Bu qiziq

Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar saratonga olib keladi - olimlar

Janubiy Kaliforniya universiteti olimlarining aytishicha, shakar o‘rnini bosuvchi mahsulot saratonga olib keladi
Sputnik
AQShning Janubiy Kaliforniya universiteti shifokorlari shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotning zararli xususiyatlaridan ogohlantirishmoqda. Aytilishicha, bunday mahsulotlar xavfli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Olimlar sichqonlarda tadqiqot olib borishgan. Yosh sichqonlarga shakar o‘rnini bosuvchi moddaning bir qancha turlari berilgan. Mahsulot kemiruvchilarda xotiraning buzilishi va miya sohasida o‘zgarishlarga olib kelgan.
Shuningdek shirinlashtiruvchining metabolizmga ham ta’siri aniqlangan. Bu qandli diabet va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin
Mutaxassislar organizmga zarar qilishi mumkin bo‘lgan bir qancha qo‘shimcha moddalarni keltirib o‘tishgan:
- Saxarin - organizm uni hazm qilmaydi. Uni muntazam iste’mol qilish saratonga chalinish xavfini oshiradi
- Aspartam- kam kaloriyali ichimliklarda ko‘p bo‘ladi. Uni choyga qo‘shish mutlaqo mumkin emas. Moddani muntazam iste’mol qilish jigar va o‘pka saratoni kasalliklarini rivojlantiradi, miyani shikastlaydi.
- Siklamit- bir qancha mamlakatlarda taqiqlangan. Buyrak yetishmovchiligiga olib keladi
- Kaliy atsesulfami - kanserogen hisoblanadi. Gazli ichimliklarda ko‘p bo‘ladi.
- Ksilit - kaloriyasi ko‘p qo‘shimcha modda. Moddalar almashinuvida buzilishlarga olib keladi.
Agar shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotda ushbu moddalar bo‘lsa, aslo iste’mol qilmagan ma’qul.