Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya tarkibiga 4 ta yangi subyektlarni qabul qilish shartnomalari ratifikatsiya qilindi

Rossiya deputatlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoqlab ovoz berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni bir ovozdan ratifikatsiya qildi.
Xalqaro shartnomalarda, jumladan, gap yangi subyektlar chegarasini belgilash haqida boradi. Respublikalar va viloyatlar chegaralari “ular tashkil etilgan va Rossiya tarkibiga qabul qilingan kunda mavjud bo‘lgan” hududlari chegaralari bilan aniqlanadi.
Shuningdek, shartnomalarda subyektlarni Rossiyaga qabul qilish kunidan boshlab ikkita respublika va ikkita viloyat tashkil etilishi belgilangan. Ular o‘zlarining hozirgi nomlarini saqlab qolishadi.
Kuni kecha Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni Konstitutsiyaga muvofiq deb tan olgan edi.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.