“Jazeera Airways” Kuvaytdan Namanganga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Kuvayt-Namangan yo‘nalishidagi muntazam parvozlarni haftasiga uch marta amalga oshirish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 02 okt — Sputnik. Kuvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Kuvayt-Namangan yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
1 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:32 da aviakompaniyaning samolyoti Namanganga kelib qo‘ngan.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Muntazam reyslar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2021 yil bahoridan buyon “Jazeera Airways” Kuvayt-Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarining “Flydubai” aviakompaniyasi Dubay-Namangan-Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.