Indoneziyada futbol o‘yinidagi tartibsizlik oqibatida kamida 127 kishi halok bo‘ldi

Tartibsizliklar futbol musobaqasida jamoalardan biri mag‘lub bo‘lganidan keyin boshlangan. Muxlislar ommaviy mushtlashuvni boshlangan.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Indoneziyaning Malang shahridagi futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘ldi, deya yozadi RIA Novosti.
Mahalliy chempionatda “Arema” jamoasi o‘z uyida “Pesebeya”ga 3:2 hisobida yutqazgan. Keyin mag‘lubiyat alamiga dosh berolmagan muxlislar maydonga yugurib chiqib, mushtlashib ketishgan.
Politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, natijada stadionda ur-yiqit va sarosimalik boshlangan.127 kishi halok bo‘lib, yana 200 ga yaqin odam jabrlangan.
Malang Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qilishicha, o‘limlar yuzaga kelishiga "tartibsizlik, katta sonli odamlar to‘planishi va nafas qisishi" sabab bo‘lgan.
Tartibsizliklar stadion tashqarisida ham davom etgan, bir qancha politsiya avtomobillari yoqib yuborilgan. Ikki politsiyachi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Hukumat tekshiruv o‘tkazishni boshlagan.