BRIKS davlatlari yagona valyuta yaratishi mumkin – Rossiya elchisi

Knyazevning so‘zlariga ko‘ra, 15 ga yaqin davlat BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. BRIKS mamlakatlari yagona valyuta yaratish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Pavel Knyazev ma’lum qildi.
“Umumiy yagona valyutani yaratish imkoniyati va istiqbollari g‘oyasi muhokama qilinmoqda”, dedi Knyazev “Valday” muhokama klubi tomonidan tashkil etilgan BRIKS va ShHTni kengaytirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatida so‘zlagan nutqida.
Knyazevning so‘zlariga ko‘ra, 15 ga yaqin davlat BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.
“BRIKSga qiziqish shundan yaqqol namoyon bo‘ldiki, bugungi kunda o‘nlab davlatlar BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan”, deydi u.
Ma’lumot o‘rnida, BRIKS besh mamlakat - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan guruh.