Venesuela prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni G‘arbning o‘zi uchun halokatli deb atadi

Nikolas Maduro G‘arb mamlakatlari Rossiya bilan tinchlik borasida muloqot qilish o‘rniga, energetika va iqtisodiy inqirozni tanlaganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa mamlakatlari va AQShning o‘zi uchun halokatli bo‘ldi, deb hisoblaydi.
“AQSh va Yevropa mamlakatlari Rossiyani yo‘q qilishga urinib, iqtisodiy o‘z joniga qasd qilishni tanlashdi. Ular Rossiya bilan tinchlik haqida muzokara o‘tkazish, unga xavfsizlik kafolatlarini berish o‘rniga energetika inqirozi, elektr energiyasidan o‘chirish, iqtisodiy inqiroz va jilovlab bo‘lmaydigan inflyatsiyani tanlashdi”, - dedi Maduro “Venezolana de Television” telekanali efiri chog‘ida.
Venesuela rahbari zudlik bilan tinchlik muzokaralarini faollashtirishga va mojaroning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
G‘arb Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan Ukrainadagi maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i hamda oziq-ovqat narxining oshishiga olib keldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligi va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.