TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Yaponiyaning Vladivostokdagi konsuli Motoki Tatsunori jinoiy ish bilan hibsga olinganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, konsul pul mukofoti evaziga “Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining joriy jihatlari, G‘arb sanksiyalar siyosatining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri haqida cheklangan ma’lumot” olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
FXX tomonidan e’lon qilingan videoda diplomat Rossiya qonunchiligini buzganlikda aybini tan olgan.
Rossiya TIV Yaponiya tomoniga diplomatik kanallar orqali norozilik bildirilgan, konsulning o‘zi esa persona non grata deb e’lon qilingan.