Ukrainaning ozod qilingan hududlari, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida 23-27 sentabr kunlari ushbu hududlar kelajak maqomi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlabki so‘rovlar natijalariga ko‘ra ozod qilingan hududlar aholisining mutlaq ko‘pchilligi 80-90% Rossiya tarkibiga kirishni uchun ovoz berishgan.
Sakkiz yil davomida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan, o‘z ona tilida gaplashish taqiqlangan va boshqa turli qiyinchiliklarni boshidan kechirgan mahalliy aholi Rossiyaga qo‘shilish ularga tinchlik, farovonlik va ish o‘rinlari olib kelishiga ishonishadi.
Bugun referendumda ovoz berishning so‘nggi kuni. Dastlabki natijalar tunda e’lon qilinishi kutilmoqda.