Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashadi

Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum bo‘ldi – tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hafta davomida Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Sherzod Asadovning so‘zlariga ko‘ra, boshlangan haftada davlat rahbarining ish jadvallaridan O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan qator muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Bugun elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan soha rahbarlari va mas’ullarining prezidentimizga hisobotlari rejalashtirilgan”, deydi prezident matbuot kotibi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ishtiroklarida respublikadagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.