Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 25-sentabrning asosiy xabarlari

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimining Zaporojye AES hududiga 8 ta kamidkadze dronlari bilan zarba berishga urinishining oldi olinganini xabar qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiyaning Ukraina hududida o‘tkazayotgan maxsus harbiy operatsiyasining 25-sentabrda sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlari
Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaasi 12 ta Ukraina uchuvchisiz uchar qurilmalari, zalp bilan o‘t ochuvchi tizimlarning 21 ta snaradi, jumladan, 18 ta HIMARS, va 3 ta Amerikaning HARM radiolokatsiyaga qarshi raketalarini urib tushirdi;
Ukraina qo‘shinlari Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida 110 nafardan ortiq kishisini yo‘qotdi;
Rossiya qiruvchilari HARM raketasiga moslashtirilgan Ukrainaning 2 ta MiG-29 larini urib tushirdi;
Zaporojye viloyatida “Osa-AKM” zenit-raket komleksi uchirish qurilmasi yo‘q qilindi, Ochakovo hududida Ukrainaning zihrli “Gruza” kateri cho‘ktirib yuborildi;
Nikolayev viloyatida HIMARS uchirish qurilmasi yakson qilindi;
Kiyev rejimining Zaporojye AES hududiga 8 ta kamidkadze dronlari bilan zarba berishga urinishining oldi olindi, ular stansiya hududidan tashqarida urib tushirilgan;
Rossiya qurolli kuchlari raketa zarbasi bilan Zaporojye hududida yuzga yaqin xorijlik yollamanma askarlarni yo‘q qilishdi.
Ozod qilingan hududlarda o‘tkazilayotgan referendumlar
Hududlardagi Markaziy saylov komissiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, DXR, LXR va Zaporojye viloyatida uch kun ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning soni 50 foizdan oshdi, referendumlarni bo‘lib o‘tgan deb hisoblash mumkin;
Xerson viloyatida uch kun davomida saylovchilarning 48,91 foizi qatnashgan;
DXR rahbari Denis Pushilin DXRdagi referendumning dastlabki yakunlari kutilgandan ham yaxshi bo‘lganini ma’lum qildi, 189 nafar xorijiy kuzatuvlarning hech biri qonun buzilishini qayd etmagan.