TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning BMT Bosh Assambleyasi chog‘idagi nutqidan so‘ng Yevropa Ittifoqi vakillari Serbiyaga juda qattiq bosim o‘tkaza boshladi. Bu haqda Serbiya bosh vaziri Ana Brnabich bayonot berdi.
“Mamlakatimiz hozirda 1999-yildan beri eng og‘ir bosimga duch kelmoqda”, - degan Brnabich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning BMTdagi nutqidan so‘ng Brussel Belgradga bosim o‘tkaza boshlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Serbiya va Rossiya ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar rejasini imzolaganidan keyin Yevropa Ittifoqi bosimni kuchaytirgan. Shu bilan birga, u ushbu hujjat Kosovo muammosini hal qilishga ishora qilishini ta’kidladi.