TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari chegaradagi qurolli to‘qnashuvni bas qilish to‘g‘risida bayonnoma imzolashdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning Botkent viloyatidagi “Qizilbel” nazorat-o‘tkazish punktida ikki mamlakat mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Tojikiston tomoni bilan mojaroni to‘xtatish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi”, - dedi Tashiyev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.
Tashiyev tomonlar unda belgilangan shartlarga rioya qilishlari umid qilgan.
Tojikiston tomonidan hujjatni Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymumin Yatimov imzolagan.
“Bugundan tinchlik bo‘ladi, ilgari o‘z uylarini tark etgan Laylak va Botkent tumanlari aholisi qaytishi mumkin”, - dedi Tashiyev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv 14-sentabr kuni boshlangandi. Uni boshlashda tomonlar bir-birlarini ayblashdi.
Tojikiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro oqibati 40 nafardan ziyod respublika aholisi halok bo‘lgan. Bishkek 59 nafar fuqarosi halok bo‘lganini rasman ma’lum qildi.