TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent — Chirchiq — Xojikent shaharlararo tezurar elektropoyezdlar qatnovi joriy etildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent — Chirchiq — Xojikent temir yo‘l hududi infratuzilmasi zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlash maqsadida yangi temir yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi ishlari tugatilgan, uchastka bo‘ylab temir yo‘l izlari ta’mirlangan, temir beton ustunlari yangilangan.
Toshkent-Chirchiq-Hojikent yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
© “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Shu munosabat bilan 24-sentabr kunidan boshlab haftaning har shanba va yakshanba kunlari harakatlanadigan Toshkent — Chirchik — Xojikent yo‘nalishida tezurar elektropoyezdlar qatnovi joriy etilgan, natijada yo‘lga sarflanadigan vaqt 1 soatga qisqargan.
Toshkent-Chirchiq-Hojikent yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
© “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Jadval ishlab chiqish natijasida Toshkent — Chirchiq oralig‘idagi elektropoyezdning harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, Chirchiq — Xojikent oralig‘ida 15 daqiqaga qisqargan va yo‘lga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat 40 daqiqani tashkil etgan.
Poyezdlar Toshkent janubiy vokzalidan va Xojikent bekatidan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
6429-sonli Toshkent 07:10 — Xojikent 08:53;
6430-sonli Xojikent 09:18 — Toshkent 11:00;
6435-sonli Toshkent 13:38 — Xojikent 15:19;
6436-sonli Xojikent 15:44 — Toshkent 17:26.