Daniya O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Daniya hukumati O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochishga qaror qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kecha BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuvda tomonlar siyosiy muloqotni kuchaytirish uchun o‘zaro tashriflar va amaliy tadbirlarni tashkil etish muhimligini ta’kidlagan. O‘zbekiston va Daniya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risida protokol imzolash taklif qilingan.
Vladimir Norov O‘zbekiston tomoni Daniya hukumatining O‘zbekistonda Faxriy konsulxona ochish to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qilishini ta’kidlagan.
Toshkent va Kopengagen BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilingan.
Savdo va investitsiya aloqalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar manfaatdor idoralarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish masalalarini o‘rganishga kelishib oldgan.