Amerika rejasi amalga oshmoqda: Yevropa barbod bo‘lmoqda

Kunlar sovishi bilan Yevropada yangi tendensiya: sanoat ishlab chiqaruvchilari, yirik moliyaviy oqimlar birin ketin AQShga ko‘chmoqda. Okean ortida esa ularga imtiyozlar beruvchi qonun qabul qilingani ayni muddao bo‘ldi. Go‘yoki kimdir hammasini oldindan rejalashtirgandek...
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Har qanday jamiyatda ham turli-tuman "umumjahon fitna" nazariyalari mavjud. Odatda jamoatchilikning aksariyati bunday fitnalarga ishonadiganlar ustidan kulib, kinoya qilib turishadi. Masalan, AQShda “qora vertolotlar nazariyasi”ga ishonadiganlar ustidan kulishadi. Unga ko‘ra, hukumat xalqdan o‘zga sayyoraliklar bilan aloqalar haqidagi haqiqatni 1950-yillardan buyon yashirib kelmoqda. Rossiyada esa turli bozorlarning o‘zgarishida yoki mahalliy mojarolarning ortida okean ortidagi yashirin kuchlarga, yashirin "dunyo hukumati" borligiga, "masonlar lojasi"ga ishonuvchilar ustidan kulishadi. Shu kunlarda bugungi Yevropadagi energetika va moliyaviy inqirozlar ortda Amerikalik ittifoqdoshlari turgani va ular buni ko‘proq "soqqa qilish" uchun o‘ylab topganiga ishonuvchilar safi to‘li bormoqda.
Maxfiy fitnalar nazariyasi ixlosmandlari haq ekanliklarini tasdiqlash shart emas. Biroq, yaqinda The Wall Street Journal juda qiziqarli maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, Yevropaning yirik biznes vakillari, jumladan, mashinasozlik va avtosanoat, shuningdek, kimyo sanoati o‘z ishlab chiqarishlarini AQShga bosqichma-bosqich ko‘chirishni boshlamoqda. Sabab - doimiy iste’molchilar uchun energiya narxining haddan tashqari ko‘tarilishi deyilmoqda. Buning oqibatida ular ishlab chiqarishni keskin qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.
Ro‘yxatga olingan sanoat gigantlari orasida, masalan, Gollandiyaning qishloq xo‘jaligi o‘g‘itlarini ishlab chiqaruvchi OCI N.V kompaniyasi bor. Ushbu golland kimogarlarining asosiy mahsulotlari ammiak, karbamid va hosildorlik jihatidan juda foydali bo‘lgan boshqa moddalar ishlab chiqarishdan oladi. Kompaniya bosh direktori korxonada ammiak ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilganini allaqachon ma’lum qilgan, faqat u Texasda.
Shuningdek, ko‘chayotgan kompaniyalar orasida Daniyaning Pandora zargarlik brendi, Volkswagen avtokonserni va Tesla elektromobil kompaniyasi ham bor. Xususan, Tesla uchun shunisi e’tiborga loyiqki, bir necha yil oldin uning egasi, taniqli Ilon Mask katta sexini qurish uchun yirik qadimiy o‘rmonni kesib tashlagan, sanoat hajmida suv yetkazilishi uchun nemis ekologlarini "yig‘latib" suv yetkazuvchi qatlamni tiklab bo‘lmas darajada buzgan edi.
Yevropa global inqirozning hozircha birinchi sinovlri - migratsiya to‘lqini tabiiy gaz, va eletroenergiyaning narxi osmonga chiqqishi bilan duch kelayotgan bir paytda okean ortidagi "ittifoqchi" va "himoyachi" bir ajoyib qonun qabul qildi. Jo Bayden imzolagan inflyatsiyani kamaytirish to‘g‘risidagi qonunda, AQSh pul-kredit siyosatini barqarorlashtirish bilan bog‘liq moliyaviy choralan belgilangan. Lekin sof moliyaviy choralardan tashqari ushbu qonunda ushbu og‘ir davrida o‘z ishlab chiqarish va soliq kelajagini Amerika bilan bog‘lashga qaror qilgan xorijiy kompaniyalar uchun katta imtiyozlar va’da berilgan.
Shu o‘rinda yana bir marta haligi qora vertolotla, yashirin hukumat va masonlar lojasi haqidagi "umumjahon fitna"larga ishonuvchilar ustidan yana bir bor kulish mumkin, ammo buning bir “lekin”i ham bor.
Agar yarim yil avval bo‘lib o‘tgan voqealarga nazar tashlasak, siyosiy ko‘pchilikni tashkil qiladigan shuningdek, o‘z mamlakatlarining yirik biznesi manfaatlarini aks etgan Yevropa Ittifoqi amaldorlari, o‘ta jangovar ritorikasiga qaramay Rossiya energiya resurslari importiga qarshi cheklovchi choralarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslarni ko‘rib chiqishni istamagan edi.
Aytish mumkinki, Rossiya energiya resurslariga embargo qo‘yish borasida maxfiy sabotaj bo‘lgan, barcha savollar cheksiz muhokamalarda qolib ketgan, ularda Vengriya vakillari ko‘p bora qarshi chiqishga harakat qilishgan.
Ushbu jarayon shu qadar aniq ediki, Vashington kollektiv Yevropaga mumkin bo‘lgan barcha tahdidlar bilan bosim o‘tkazishni boshladi. Biroq, gangster Al Kapone ta’biri bilan aytganda, pistolet va yaxshi so‘z bilan ko‘p narsaga erishish mumkin bo‘lganidek, shirinchilik uchun ham joy topildi.
Ikkilanayotgan hamma mamlakatlarga - uglevodorodlar dengizi, ya’ni Amerika nefti va suyultirilgan gazlari va’da qilindi. Va’dalarga ko‘ra, ular Yevropaning Rossiya energota’minotlariga qaramligini butunlay yo‘q qilishi kerak edi. Natijada Rossiyadan neft xarid qilish 20% ga kamaydi, tabiiy gaz importi hajmi esa uchdan bir qismga kamaydi. Okean ortidan buni o‘rnini bosadigan ta’minotlar o‘sdi, biroq isitish mavsumi boshlanishi arafasida - ta’minot to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, AQSh slanes sanoati vakillari, aftidan ajoyib sovet filmi “Omadli jentelmenlar”ni tomosha qilgan ko‘rinishadi. Ular yevropaliklarning iltijolariga Saveliy Kramarovning o‘sha mashhur jumlasi - “kino bo‘lmaydi, elektr tugadi" degan jumlasi bilan javob berishdi. Ya’ni biz ishlab chiqarish imkoniyatlarining cho‘qqisiga chiqdik, shuning uchun sizlarga salomatlik va yaxshi kayfiyat yor bo‘lsin qabilida.
Natijada ilk nam kuz sovug‘i ostonasida Yevroittifoqning ulkan sanoat daraxtlaridan yirik mevalar top-top tusha boshladi.
Sanab o‘tilgan kompaniya va korporatsiyalardan tashqari, sanoatlarning energota’minotlar va elektroenergiyaning arzon narxlarida AQShga ko‘chirilishi variantini ArcelorMittal kabi yirik kompaniya ham ko‘rib chiqmoqda. Kompaniya bosh direktori Aditya Mittalning so‘zlariga ko‘ra, ushbu po‘lat giganti Germaniyada po‘lat ishlab chiqarishni kamaytirish va buni Texasda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Boshqa yirik o‘yinchilar ham metallurglardan ortda qolishmayapti. Qo‘shni qit’aga ketish rejalari haqida RHI Magnesita - dunyodagi yirik olovbardosh materiallar ishlab chiqaruvchilar ham ma’lum qilishdi.
Kompaniya sanoatdagi barcha hamkasblari orasida eng ko‘p ishlab chiqarish punktlariga ega bo‘lishidan tashqari, odatda Londonda joylashgan kapitallar oqimi ham Yevropa Ittifoqidan tashqariga AQSh tomonga oqib o‘ta boshladi.
Dunyo sanoatining boshqa gigantlari, masalan, Germaniyaning BASF va Norvegiyaning Yara International - barcha turdagi kimoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi o‘g‘itlarini ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniyalar hali o‘z rejalarini e’lon qilishmagan. Ammo yaqin kelajakda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari pasaytirilmasa kapital Yevropadan qor ko‘chkisi kabi chiqib ketadi degan fikrni ilgari surmoqda. Bu chaqiriqlar cho‘lda qolib ketgan insonning alam yig‘ilariga o‘xshaydi, chunki Rossiya neftining oshishi, ishlamaydigan magistral gaz quvurlari va Amerika ta’minotini ko‘paytirishidan voz kechishi fonida faqat eng optimist insongina narxlar pasayishini kutishi mumkin.
To‘g‘ri, sanoatning ko‘chishi, Yevropa tanazzulini bildirmaydi, ammo yaxshigina ta’sir qiladi. Chunki Brussel asosiy moliyaviy donorlar va ish beruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yarata olmayotir. Pandemiya va undan keyingi oqibatlardan yaxshigina jabr ko‘rgan AQSh esa bunday oltin tuxum qo‘yadigan tovuqni qo‘yib yuborishi dargumon.
Bularni barchasini kuzatar ekanmiz, ko‘rinmas global rejalar borligiga va ular muvaffaqiyatli amalga oshayotganiga ishona boshlaymiz.