TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Vazirlikda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya delegatsiyasi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Chobahor porti orqali "O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" transport yo‘lagini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Obsujden proyekt razvitiya novogo transportnogo koridora "Uzbekistan – Turkmenistan – Iran – Indiya"
“Muzokaralarda yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetadigan O‘zbekiston va Hindiston savdo aylanmasining barqarorligini ta’minlaydigan yangi transport yo‘lagining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.
Obsujden proyekt razvitiya novogo transportnogo koridora "Uzbekistan – Turkmenistan – Iran – Indiya"
Mazkur yo‘lak, shuningdek, yaqin istiqbolda 3,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin bo‘lgan Markaziy Osiyo va Hindiston mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo munosabatlari doirasida mahsulot etkazib berishning uzluksizligini ta’minlashga ham qaratilgan.