Putin shunchaki vahima qilayotgani yo‘q – Vuchich

Serbiya prezidenti: Biz tinchlik qaror topishiga va hamma murosali yechim topish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishiga umid qilamiz.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Vladimir Putinning Rossiyaga nisbatan jiddiy tahdid yuzaga kelganda, har qanday yo‘l bilan Vatanni himoya qilishga tayyorligi haqidagi gaplari shunchaki vahima emas, dedi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich.
Serbiya rahbari ayni damda BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkda bo‘lib turibdi.
Jurnalistlar Vuchichdan u Rossiya prezidenti Putin bilan bir necha bor uchrashganligi sababli, Putinning Rossiyani NATO va G‘arbning yadroviy tahdididan himoya qilish uchun barcha mavjud yo‘q qilish vositalaridan foydalanishga tayyorligi haqidagi bayonotini uydirma deb hisoblash yoki hisoblamasligi haqida so‘rashgan.

“Serbiya prezidenti sifatida shuni aytishim mumkinki, biz tinchlik bo‘lishiga va tomonlar murosali yechim topish uchun qo‘lidan kelganini hamma narsani qilishiga umid qilamiz, chunki bu boshqa tomon yutqazishini kutishdan ko‘ra yaxshiroq. Men prezident Putin bilan ko‘p marta uchrashganim sababli u shunchaki vahima qilyapti deb o‘ylamayman”, - deb javob berdi Serbiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-sentabr kuni aholiga murojaat qildi. Unda prezident Rossiyaga so‘nggi vaqtlarda paydo bo‘layotgan tahdidlarga qat’iy javob berishga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.
"Shuni eslatib qo‘ymoqchiman Bizning mamlakatda ham turli zarba beruvchi qurollar bor, ayrim turlari bo‘yicha NATO davlatlarinikidan ham zamonaviyroq. Mamlakatimizning hududiy yaxlitligiga Tahdid paydo bo‘lganda, Rossiyani va xalqimizni himoya qilish uchun, biz, shubhasiz, qo‘limizda bor bo‘lgan barcha qurollardan foydalanamiz. Bu shunchaki qo‘rqitish emas. Rossiya fuqarolari xotirjam bo‘lishlari mumkin, Vatanimizning hududiy yaxlitligi, Bizning mustaqilligimiz va erkinligimiz - ta’minlanadi!", - degan edi Vladimir Putin.