Bu qiziq

Nega brokkoli iste’mol qilish kerak?

Sport shifokori brokkoli sabzavotining foydali xususiyatlarini aytdi
Sputnik
Tibbiyot fanlari nomzodi, sport shifokori Aleksandra Puriganing aytishicha, brokkoli foydali xususiyatlari bilan mol go‘shti va tuxumdan qolishmaydi
Brokkoli tarkibida RR vitaminlari, U beta-karotin moddalari ko‘p. Va ushbu elementlar boshqa sabzavotlarda bu qadar ko‘p uchramaydi. Shuningdek, sabzavot kaliy, kalsiy, fosfor, natriy va temir moddalari manbai hisoblanadi. Xuddi shunday moddalar miqdorini rangli karamda ham bor. Biroq, ikkisini taqqoslaganda, brokkoli tarkibida mineral tuzlar va oqsillar ko‘proq.
Shifokorning ta’kidlashicha, xlorofill tufayli brokkoli qon tarkibiga ijobiy ta’sir qiladi. Aminokislotalar bo‘yicha ushbu sabzavot mol go‘shtidan qolishmaydi. Lizin va izoleysin xususiyatlari bo‘yicha brokkoli tovuq tuxumiga teng.
Shu bilan birga, brokkoli organizmda zararli xolesterin ko‘payishini oldini oladi