TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlarining ozod qilingan hududlari harbiy operatsiya tugaganidan so‘ng kimga qo‘shilishni istaydi? Yoki ular o‘zlari alohida davlat bo‘lib yashashni xoxlaydimi?
INSOMAR jamoatchilik so‘rovlari markazi tomonidan 19-sentabrda yakunlangan so‘rov natijalariga ko‘ra, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisining aksariyati maxsus operatsiya tugagandan Rossiya tarkibiga kirishini xohlaydi.
Xususna, so‘rov natijalariga ko‘ra, LXRda - 83%, DXR - 80%, Zaporojye viloyatida 72% va Xerson viloyatida 65% aholi ovoz berishga kelishini tasdiqladi.
Harbiy operatsiyadan so‘ng viloyatingiz qanday maqomda bo‘lishini istagan bo‘lardingiz?
LXR | DXR | Xerson | Zaporojye | |
Rossiyaga qo‘shilishini (%) | 90 | 91 | 80 | 80 |
Ukraina tarkibida qolishni | 0 | 0 | 4 | 2 |
Mutsaqil davlatga aylanishini | 5 | 4 | 5 | 4 |
Bilmadim | 5 | 5 | 11 | 14 |
Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu viloyatlar rahbarlari o‘zlarining maxsus bayonotlarini e’lon qilishdi. Unda aytilishiga ko‘ra, Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlari imkon qadar tezroq umumxalq referendumi o‘tkazib Rossiya tarkibiga qo‘shilishga qaror qilgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytishiga ko‘ra, yangi hududlar Rossiya tarkibiga kirgach, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi, chunki ushbu to‘rt viloyat Rossiyaning bir bo‘lagiga aylanadi. Bu Rossiyaga barcha kuchlarini qo‘llash imkonini beradi va Konstitutsiyaga muvofiq, kelajakdagi ham biror rahbar bu qarorlarni bekor qila olmaydi.