Neapol universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, sut mahsulotlarini iste’mol qilish qandli diabet kasalligining ikkinchi turiga chalinishni oldini oladi.
Qandli diabetning ushbu turi eng keng tarqalgan. Kasallik oshqozon osti bezi yetarli miqdorda insulin ishlab chiqara olmaganda yoki to‘g‘ri ishlamaganda paydo bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, kuniga bir stakan sut ikkinchi tur diabet rivojlanish xavfini 10% ga, kefir va tvorog (kuniga 200 gr) - 5% ga, tabiiy yogurt (bir banka) - 6% ga, yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlari esa 3 % ga kamaytira oladi.
“Sut mahsulotlari oziqlantiruvchi moddalar, vitaminlar va boshqa biologik faol komponentlarga boy. Bunday mahsulotlar glyukoza metabolizmiga - organizmda shakar qayta ishlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Probiotiklar ham xuddi shunday ta’sir qiladi”, - deydi mutaxassislar.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu mahsulotlar ham barcha oziq-ovqatlar singari meyorida iste’mol qilinganda foydali.