Yevropa Ittifoqida non narxi keskin oshdi

Yevrostat: YeIda non narxi o‘rtacha 18% ga oshgan
Sputnik
TOShKENT, 19 sent - Sputnik Yevropa Ittifoqida non narxi o‘tgan yilga nisbatan 18% ga oshdi. Eng ko‘p Vengriyada 60% ga non qimmatlashgan. Bu haqida Yevropa statistika agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, non narxi avgust oyida 10% oshgan inflyatsiyadan ham yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
Non narxi ko‘tarilganining eng kam ko‘rsatkichi Fransiyada - 10%, Belgiyada esa 13% ga oshgan.
Yevropa statistika agentligi bunga sabab qilib Ukrainadagi vaziyat, ukrain doni va energetika inqirozini ko‘rsatmoqda.