TOShKENT, 19 sen — Sputnik. AQSh davlatlarga qarshi iqtisodiy sanksiya joriy etib, ularni birlashtirmoqda. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohiy Raisiy ma’lum qildi.
Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning sanksiya siyosati muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi aniq.
“Bir necha mamlakat AQSh sanksiyalari ostida. Ular (AQSh – tahr.) bunday xatti-harakatlar bilan davlatlarni yaqinlashtirishmoqda, ularning hamjihatligini mustahkamlashmoqda. Bu Amerika sanksiyalarini samarasiz qiladi”, - dedi Eron prezidenti CBS telekanaliga bergan intervyusida.
AQSh Eronga qarshi 1979-yilda Islom inqilobidan keyin qo‘llagandi. O‘shandan buyon sanksiyalar bir necha marta kuchaytirilgan va uzaytirilgan.